Uz

Prezident raisligida yig‘ilish boshlandi.

“Hozirgi kunda to‘qimachilik, konchilik, elektrotexnika, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va servis, qurilish, tadbirkorlik sohalarida katta-katta o‘zgarishlar qilayapmiz. 

Misol uchun, 2022 yilning o‘zida 16 milliard dollarlik 9 mingdan ziyod yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirilib, ularga 300 mingga yaqin malakali ishchilar kerak bo‘ladi.

Kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish bo‘yicha marralarga ham odamlarga faqat va faqat zamonaviy kasblar berish orqali erisha olamiz”, dedi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1875) davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi 3 yilda “Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil qilinib, odamlarni kasbga o‘rgatish boshlangani, lekin bu tizim 5-10 foiz ishsizlarni qamrab olishi ta’kidlandi.

Bu yil respublika bo‘yicha 555 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi. Ularni zamonaviy kasblarga o‘rgatish, munosib ish bilan ta’minlash masalalari barcha darajadagi hokimlar, oliygoh rektorlari, kollej va texnikum direktorlarini ham o‘ylantirishi kerakligi ko‘rsatildi.

Bizning Hamkorlarimiz