Farg‘ona shahar “Ishga marhamat” monomarkazi tarkibidagi Malakani baholash markazi ish fa`oliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta`minlash chora tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-4939-sonli qarori hamda Vazirlar mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-sonli, 2021- yil 30-sentabrdagi 616-sonli qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 20- oktabrdagi 642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risidagi ” qonun ijrosini ta`minlash maqsadida Farg‘ona shahar “Ishga marhamat ” monomarkazining 2021-yil 15-noyabrdagi 12-sonli “Monomarkaz tarkibida Kasbiy malakani baholash markazi tashkil etish ” haqidagi buyrug‘iga asosan Malakalarni baholash markazi tashkil etildi. (MBM).
Farg‘ona shahar “Ishga marhamat ” monomarkazi tarkibidagi Malakani baholash markazi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 616- sonli qaroriga asosan o‘z nizomini ishlab chiqdi, hamda ushbu nizomga asosan Malakani baholash markazining asossiy vazifalari belgilandi;
-talabgorlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini milliy va xalqaro (WorldSkills va boshqa) standartlariga muvofiq mustaqil va xolis baholash;
-keng va tor ixtisosliklar bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassisliklarga malaka toifasini berish;
-talabgorlarning mavjud bilim, ko‘nikma malakasini belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlash ;
-kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standart ishlab chiqishda qatnashish;
-kompitensiyalarni baholash markazi o‘z fa`oliyati samaradorligini ta`minlash uchun ta’luqli vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Malakani baholash markazi o‘z fa`oliyatini “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi”dan akkreditatsiyadan o‘tishdan boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 31-yanvardagi 16-ICH sonli buyrug‘i bilan to‘rtta kasb bo‘yicha:
-elektromontyor;
-chilangar-santexnik;
-tikuvchi;
-elektrogazpayvandchi kasblari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Bugungi kun holatiga Malakani baholash markazida akkreditatsiyaning 2-etapiga yana quyidagi oltita kasb bo‘yicha ya’ni:
- oshpaz;
-suvoqchi;
-g‘isht teruvchi;
-avtomobillar holatini nazorat qiluvchi mexanik;
-qandolatchi;
- maktabgacha ta`lim yordamchi tarbiyachisi kasblarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun buyurtma berish, baholash vositalarini ishlab chiqishda qatnashib, Mehnat instituti va tarmoq kengashlaridan ekspertizadan o‘tkazish ishlari bilan shug‘ullanilmoqda.