Oliy ta'lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida "Biznes marafon" treningi hamda boʻsh ish oʻrinlari "Mehnat yarmarka"si oʻtkazildi.
Mehnat yarmarkasida Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida mavjud 24 turdagi yo'nalishlar bo'yicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. 13 dan ortiq o'qish istagini bildirgan talabalar floristika, 1C buxgalteriya, qandolatchilik, kompyuter-veb dizayn, ayollar sartaroshi, to'quvchilik, yo'nalishlarida o'qish istagini bildirishdi.