Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasidagi “Farg‘ona vodiysida aholi ko‘nikmalarini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida yangi qurib bitkazilgan kasbga yo'naltirish bo'yicha "Karyera markazi" binosining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Unda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri birinchi o'rinbosari Nozim Xusanov hamda BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakil o'rinbosari Nika Saeedixonim ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun: Kasbga yo'naltirish bo'yicha "Karyera markazi" yoshlarga kasb tanlash, o‘zgartirish yoki tark etish, shuningdek, ularning malakasi, ehtiyoj va istaklarini baholash, ularga mos kasbni topishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan.