Bugun Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Farg'ona viloyati Prokuraturasi tashabbusi bilan "Yoshlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy iqtisodiy muammolarni hal etishga" qaratilgan mehnat yarmarkasi va tadbir o'tkazildi.
Tadbirda 15 dan ortiq korxona va tashkilotlar oʻz boʻsh oʻrinlari bilan ishtirok etdi. 100 ortiq yoshlarni bandligini taʼminlash va kasb-hunarlarga oʻqitish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.