HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA
Farg'ona shahridagi 2-umumta'lim maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari bilan shahar hokimi Vosiljon Nazorovning uchrashuvi tashkillandi.
Uchrashuvda viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi bitiruvchilar bilan ochiq muloqotda suhbatlashdi. Bitiruvchilar oʼz fikr va mulohazalarini bildirishdi. Oliy taʼlim muassasalariga kirish, yaratilgan ish oʼrinlari, kab-hunar egallash uchun oʼqish boʼyicha bitiruvchilardan tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar hamda tushunchalar berildi.
Shuningdek, Farg'ona shahrida joylashgan"Ishga marhamat" monomarkazidagi bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar va o'qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida monomarkaz direktori B.Mamajonov tomonidan ma'lumotlar berildi.