
Farg'ona shahar "Ishga marhamat" monomarkazida "Mehnat yarmarkasi" o'tkazilmoqda! Yarmarka Farg'ona shahar hokimligi, bandlik va mehnat munosabatlari bo'limi hamda Farg'ona "Ishga marhamat" monomarkazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida tadbirkorlikni yo'lga qo'yish istagidagi 20 nafar tinglovchilarimiz tomonidan bank xodimlariga kreditlar olish uchun o'z takliflarini berishdi. Farg'ona shahar "Ishga marhamat" monomarkazida 60 nafar tinglovchilarga egallagan kasblari bo'yicha ish beruvchilar tomonidan takliflar berildi.