Uz

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi Yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy yetish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-5216-son qarori ijrosi yuzasidan viloyatdagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarning bandligiga koʼmaklashish uchun Fargʼona viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Fargʼona tumanidagi "Buyuk yurt farzandlari " nomli oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Karimov Akbarxon, Sultonov Samandarlarning Fargʼona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga ekskursiyasi tashkil etildi. Oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari u yerda oʼzlarini qiziqtirgan kasb-hunarlari boʼyicha tanishib hamda oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Bizning Hamkorlarimiz