Uz

ERKAKLAR SARTAROSHLIGI

Har bir insonning boshqalarga o’xshamaydigan, o’zgalardan ajralib turadigan biror jihati bo’ladi. Bunday jihatlar sarasiga tashqi ko’rinishni ham misol qilib keltirsak bo’ladi. Har kim u erkak yoki ayol bo’lishidan qat’iy nazar o’ziga xos ko’rinish sohibi bo’ladi. Tashqi ko’rinishning boshqalar e’tiborini tortadigan qismi bu albatta, sochlardir. Sochlarning betakror ko’rinishi va o’ziga xosligida esa sartaroshlarning alohida o’rni bor. Har bir sartarosh biror bir “san’at asari” yaratishda o’z mijozining yuz tuzilishi, rangi, uslubiga e’tibor beradi, undan so’nggina kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda o’z ishini bajaradi.

 Bunday mahorat kasb egasi bo'lmoqchi barcha Farg'onalik fuqarolarni Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga taklif etamiz.

???? Manzil: Farg'ona shahar S.Temur ko'chasi 245 uy. 
Batafsil ma'lumot  olish uchun:
☎️ Тел: (73) 241-97-37

Bizning Hamkorlarimiz