Uz

"To‘rtinchi yo‘nalish – O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish masalasidir.

Huquqiy davlat – insoniyatning ming yillar mobaynidagi mashaqqatli mehnati evaziga shakllangan taraqqiyot g‘oyasi va buyuk kashfiyotidir. 

Faqat huquqiy davlat sharoitidagina insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmatini to‘liq ta’minlash, tom ma’noda xalqparvar boshqaruv tizimini shakllantirish mumkin.    

Huquqiy davlat – demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir.

Shu ma’noda, men “O‘zbekiston – huquqiy davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamizda aniq mustahkamlab qo‘yishni taklif etaman.

Konstitutsiyaga davlat organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni, mazkur organlarning ixcham va tejamkor bo‘lishini ta’minlash yuzasidan qoidalar kiritishni taklif qilaman.

Asosiy qonunimizda xalq hokimiyatchiligini, hokimiyatlarni bir-birini tiyib turish va muvozanatda saqlash mexanizmlarini ta’minlashni yanada kuchaytirish talab etiladi".

Bizning Hamkorlarimiz