Uz

???? Tadbirkor – hisob-kitobli tavakkalchi, yangilik va rivojlanishga intiluvchi, mustaqil va mas’uliyatli qarorlar qabul qiladigan va ularning oqibati hamda natijasini oldindan ko‘ra oladigan shaxs hisoblanadi.
Tadbirkorlikni oila a’zolari bilan birgalikda boshlash amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda.

???? Ushbu yo‘nalishda “Har bir oila tadbirkor” (https://t.me/finlituzb/2120) davlat dasturi asosida Agrobank ATB, Mikrokreditbank ATB, Xalq banki ATB tomonidan kreditlar ajratilmoqda.

???? Ushbu dastur doirasida kreditlar oilaviy tadbirkorlikning har qanday turiga (masalan, issiqxona tashkil etish, parrandachilik, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik) shartnomaga asosan pul ko‘chirish yo‘li bilan quyidagi shartlarda ajratiladi:

▫️ jismoniy shaxslarga - 33 million so‘mgacha
▫️ davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga - 225 million so‘mgacha
▫️investitsion loyihalar uchun - 225 million so‘mdan ortiq
▫️ kredit foizi: 14 foiz
▫️ muddati: 3 yilgacha
▫️ imtiyozli davr: 6 oygacha

Bizning Hamkorlarimiz