Uz

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrda “Nogironligi boʼlgan shaxslarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʼmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar” toʼgʼrisidagi PQ-57-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nogironligi boʼlgan shahslarning bandligiga koʼmaklashishni ragʼbatlantirish chora-tadbirlari "toʼgʼrisidagi 203-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʼona shahar "Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan" kasb-hunar maktabi oʼquvchilariga bitiruv tadbiri va mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Tadbirda Fargʼona shahar hokimligi, Fargʼona, Аndijon, Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmalari, Oʼzbekiston Nogironlar Аssotsiatsiyasi Fargʼona viloyati hududiy boʼlimi, Fargʼona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Fargʼona shahar xokimligi tomonidan bitiruvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.
Yarmarkada ishlashni istagini bildirgan 80 nafar bitiruvchilar bilan korxona va tashkilotlar oʼrtasida mehnat shartnomalari tuzildi.

Shuningdek, qisqa muddatli kasb-hunarga oʼqish istagini bildirgan bitiruvchilarga Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi tomonidan bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar va o'qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.

Bizning Hamkorlarimiz