Uz

“O‘ylaymanki, Konstitutsiyaga kiritiladigan barcha tuzatish va qo‘shimchalar mamlakatimizning 14 ta hududiy birligidan iborat yagona davlatni, millati va elatidan qat’i nazar, yagona va qudratli O‘zbekiston xalqini yanada jipslashtiradi hamda ulug‘vor maqsadlar sari safarbar etadi.  

Shu bois barcha aziz vatandoshlarimizni konstitutsiyaviy islohot jarayonida yanada faol qatnashishga chaqiraman. 

Hech qachon unutmaylik, bu jarayondagi ishtirokimiz bilan o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimiz mana shu muqaddas zaminda yanada erkin va farovon yashashi uchun mustahkam poydevor yaratamiz. 

Qadrli vatandoshlarim!

Sizlarni ishontirib aytmoqchiman, davlatimiz yangilanayotgan Konstitutsiyamiz moddalarini hayotda to‘la qaror toptirish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etadi. 

Bu yangiliklar aniq qonun va kodekslar, amaliy dasturlar va rejalar bilan hayotimizda albatta o‘z aksini topadi. Har bir konstitutsiyaviy norma ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘riladi".

Bizning Hamkorlarimiz