Uz

Shavkat Mirziyoev Oʼzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi yoʼlladi Jumladan, tabrikda shunday deyiladi:

“Muqaddas Qurʼoni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!

Hozirgi gʼoyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni koʼz qorachigʼidek asrab-avaylash va mustahkamlashdek oʼtkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir moʼmin-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb boʼlib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʼlamiz”, - deyiladi tabrikda.

“Аziz yurtdoshlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat boʼlsin!

Аlloh taolo goʼzal diyorimizni, olijanob va bagʼrikeng xalqimizni hamisha oʼz panohida asrasin!

Аziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom boʼlsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning Oʼzi doimo madadkor boʼlsin!”

Shavkat Mirziyoev,
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti

Bizning Hamkorlarimiz