Uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi. 

Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. 

Shu bois, bugun siz, hurmatli komissiya a’zolari bilan bevosita uchrashib, fikr almashishni zarur, deb hisobladim.

Biz Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha yangi va juda mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. 

Bugungi kun holatiga ko‘ra, Komissiyaga fuqarolarimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushgani ham konstitutsiyaviy islohotlar ob’ektiv hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga chiqayotganini yaqqol namoyon etmoqda. 

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar chuqur muhokamadan o‘tkazildi va hozirda Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida. Endi qonun, reglament asosida muhokamalardan o‘tkaziladi".

Bizning Hamkorlarimiz