Uz

“Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida qonunchilik tashabbusi huquqi institutini isloh qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Xususan,  Konstitutsiyamizga qonunchilik takliflarini kiritish institutini joriy etishni taklif qilaman.

Mazkur institut doirasida 100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z  qonunchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Shu asosda endi xalq bevosita qonun ijodkori sifatida tashabbus ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mazkur yangi qonunchilik takliflarini kiritish institutini Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga ham berish vaqti keldi, deb hisoblayman. 

Ijro hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy javobgarlik sohalarini, vakolatlarini kengaytirish bilan birga ularning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish ham talab etiladi.

Shu ma’noda, Hukumat vakolatlarini kengaytirishni taklif etaman".

Bizning Hamkorlarimiz