Uz

“Asosiy qonunimizga O‘zbekiston barcha davlatlar, eng avvalo o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan tinchlikparvar va do‘stona siyosat yuritishi, uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsip va normalariga asoslanishi haqidagi moddani qo‘shishni taklif etaman.

Shuningdek, mamlakatimiz va jahonda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi sharoitda, O‘zbekiston tashqi siyosatining konseptual-huquqiy asoslarini yangilash va takomillashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan hozirgi paytda keng omma muhokamasida bo‘lib turgan konstitutsion islohotlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konseptsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konseptsiyasini yangi tahrirda ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman.

Mazkur hujjatlarning o‘ta muhimligidan kelib chiqib, ushbu Konseptsiyalarni ham Konstitutsiyaviy qonun shaklida qabul qilishni taklif etaman”.

Bizning Hamkorlarimiz