Uz

“Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ega ekani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi, insonning asosiy huquq va erkinliklari ajralmas va daxlsiz bo‘lib, har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli ekani qayd etilmoqda.

Bularning barchasi Asosiy qonunning himoyachisi bo‘lgan Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Mazkur sud boshqa sudlardan farqli o‘laroq, faqat Konstitutsiyaga bo‘ysunadi hamda Asosiy qonunning ustunligi prinsipini ta’minlaydi.
 
Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyat chiqargan hujjatlarda inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy prinsip hamda Konstitutsiya normalariga amal qilinishiga e’tibor qaratadi.

Konstitutsiyamizda fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqishni Konstitutsiyaviy sudning vakolatida aks ettirish maqsadga muvofiq”.

Bizning Hamkorlarimiz