Uz

Hozirda respublika bo‘yicha 57 ta professional ta’lim muassasasida Germaniya tajribasi asosida ish joyida o‘qitishning dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yilgan.

Maktabgacha ta’lim tizimida bu o‘z natijasini bergani ta’kidlandi – pedagogika kolleji o‘quvchilari 2 kun nazariy bilimlarni kollejda oladi, qolgan 4 kun esa bog‘chalarda amaliyot o‘taydi va ishlab, oylik oladi.

Viloyat hokimlari Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda ushbu ijobiy tajribani kasb-hunar maktablari va texnikumlarda yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Endilikda:

- dual ta’limni joriy etish uchun kasb-hunar maktablarining bo‘sh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish sexlari tashkil etiladi. Bunda, o‘quvchilar ushbu korxonada ishlab, oylik oladi;

- korxonadagi ustozlarga asosiy ish haqidan tashqari, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Bizning Hamkorlarimiz