Uz

“Xususan, Konstitutsiyada Vazirlar Mahkamasi va hokimliklarning ekologiya, yoshlar siyosatini amalga oshirish, oilani qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, qulay jamoat transportini rivojlantirish, aholining dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’uliyatini belgilash lozim.
 
Fuqarolarning tinch, erkin va farovon yashashi Hukumat va mahalliy ijro organlari faoliyatining bosh mezoniga aylanishi zarur.

Sud-huquq tizimini qoralovchi, jazolovchi organdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirish – islohotlarimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Rivojlangan davlatlardagi kabi bizda ham adolatli va mustaqil sud, qonun ustunligini amalda ta’minlovchi prokuratura, jamoat tartibini saqlovchi, va inson huquqlarini himoya qiluvchi ichki ishlar, milliy gvardiya, kuchli advokatura tizimini yaratish asosiy vazifamizdir”.

Bizning Hamkorlarimiz