Uz

Davlatimiz rahbarining topshirigʼiga koʼra, Fargʼona shahridagi "Fargʼona shahar Bolalar musiqa maktabi" hududdagi taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari bilan shahar hokimi Vosiljon Nazorovning uchrashuvi tashkillandi. 
Uchrashuvda viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi ishtirok etdi. 
Uchrashuvdan asosiy maqsad bugungi kunda yangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarni bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʼqitish. 
Shuningdek, Farg'ona shahrida joylashgan"Ishga marhamat" monomarkazidagi bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar va o'qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida monomarkaz direktori B.Mamajonov tomonidan ma'lumotlar berildi.

Bizning Hamkorlarimiz