Uz

“Chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan yurtdoshlarimizni, ularning mamlakatimizda yashayotgan oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqdik. 

Bunday faoliyat hech qachon to‘xtab qolmasligi uchun Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, degan qoidani kiritish darkor.

Biz uchun inson salomatligi – millat hayotining davomiyligini ta’minlash, uning genofondini saqlash, barqaror milliy strategiyamizning muhim tarkibiy qismidir.

Bu maqsadlarga erishish uchun, menimcha, Konstitutsiyamizda belgilangan “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, degan umumiy norma yetarli emas.

Bu moddani kengaytirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan normalar bilan boyitish shart, deb hisoblayman”.

Bizning Hamkorlarimiz