Uz

Bugun Farg'ona shahar 13-umumta'lim maktabida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. 
Uchrashuvda Farg'ona Davlat Universiteti, Farg'ona Politexnika Instituti,   Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali hamda  Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi ishtirok etdi. Tadbirda oliy o'quv yurtlari yo'nalishlari bo'yicha yoshlarni  qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.
Shuningdek, Farg'ona shahrida joylashgan"Ishga marhamat" monomarkazidagi bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan 26 turdagi kasblar va o'qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida monomarkaz direktori B.Mamajonov tomonidan ma'lumotlar berildi.

☎️ Murojaat uchun tel: 73 241-97-37
Manzil: Farg'ona shahar S.Temur ko'chasi 245 uy. 

Bizning Hamkorlarimiz