Uz

“Biz ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirishga ustuvor e’tibor berib kelmoqdamiz. 

Chunki, bugungi shiddatli raqobat zamonida faqat bilimli, ma’rifatli millat va davlat munosib taraqqiyotga erisha oladi.

Ulug‘ ajdodlarimizning yangi barkamol avlodini tarbiyalab voyaga yetkazmoqchi ekanmiz, buning uchun bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini ustuvor taraqqiy ettirishni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yishimiz shart.

Bosh qomusimizda davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi bilan bog‘liq normalar ham bo‘lishi lozim.

Ustozga bo‘lgan yuksak ehtirom Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topishi zarur. 

Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmacligini Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘ysak, o‘ylaymanki, adolatdan bo‘ladi".

Bizning Hamkorlarimiz